The Search
Amsterdam
Amsterdam — Niderlandiya poytaxti. Amstel daryosining quyilish yerida joylashgan. Amsterdam mamlakatning muhim iqtisodiy markazi, aholisi soniga koʻra eng katta shahri, yirik dengiz porti. Aholisi 724 ming kishi. Sxipxol aeroporti xalqaro ahamiyatga ega, yirik temir yoʻl tuguni. Metropoliten qurilgan. Amsterdam „Shimoliy Venesiya“ degan nom bilan ham mashhur. Amstel daryosi va uning tarmoqlari hamda ularni tutashtirib turgan kanallar shaharni qismlarga boʻlib yuborgan. 400 dan ortiq koʻprik mavjud. Shaharning qadimgi uylari yirik qoziqlar ustiga qurilgan. Shahar yilnomalarda dastlab 1275-yilda tilga olingan. XVII-asrda savdo va kredit berishning jahon ahamiyatiga molik markazi boʻlgan. 1795—1806-yillarda Bataviya Respublikasining, keyinroq Niderlandiya Qirolligining poytaxti. Mashinasozlik, neftni qayta ishlash, poligrafiya, farmatsevti-ka, kimyo, oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Sanoatining koʻp tarmoqlari chetdan keltirilgan xom ashyo asosida ishlaydi. Amsterdam olmosga sayqal berish va olmos bilan savdo qilish sohasida yirik markaz sifatida qadimgidan mashhur. Amsterdamda Fapbiy Yevropaning eng muhim moliya va bank muassasalari joylashgan, mamlakat madaniyati va fanining asosiy markazi. Amsterdam da IX Olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan (1928). 2 universitet, Fanlar Akademiyasi, bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari, koʻpdan-koʻp tarixiy va meʼmoriy yodgorliklari, jumladan cherkov binolari (XIII-XVII-asrlar), oʻnlab muzey, Rembrand uyi, Dengiz muzeyi, tarix muzeyi mashhur.
Wikipedia · CC BY-SA
amsterdam — Amsterdam — Niderlandiya poytaxti.
dictionary.aplusz.app