The Search
Barselona
Ispaniyadagi shahar
Barselona - Ispaniyadagi shahar boʻlib rasmiy tili "Katalon" va "Ispan " tili hisoblanadi. Kataloniya avtonom viloyatining markazi va Barselona provinsiyasining markazidir. Ispaniyaning eng katta sanoat ishlab chiqarish shahri hisoblanadi. Yevropaning eng mashhur turizm maskanlaridan biridir. Barselonada 1 608 680 kishi istiqomat qilmoqda. Aholisining soni boʻyicha Ispaniyada Madriddan keyin ikkinchi, Yevropa Ittifoqida esa oʻninchi oʻrinni band qiladi.
1992-yilda Barselona Yozgi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 2004-yilda Barselonada 2004-yilgi Jahon madaniy forumi bo'lib oʻtdi va 2010-yil mart oyida Barselona Oʻrta yer dengizi ittifoqining poytaxti boʻldi, unga 43 ta mamlakat kirdi. 2013-yilda Barselonada suv sporti boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Wikipedia · CC BY-SA
barcelona — Barselona - Ispaniyadagi shahar boʻlib rasmiy tili "Katalon" va "Ispan " tili hisoblanadi.
dictionary.aplusz.app