The Search

The Search

Chikago

Chikago — AQShning Illinois shtatida joylashgan shahar. Aholisi 2,696,555 kishi (2021). AQShning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Michigan koʻlining janubiy-gʻarbiy sohilidagi port, koʻlga Chikago daryosi quyilish yerida joylashgan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dunyoda eng yirik temir yoʻl uzeli. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha Ch. mamlakatda NyuYorkdan keyin 2oʻrinda turadi. Mamlakatning savdo, moliya, ilmiy va madaniy markazlaridan biri. Yetakchi tarmogʻi — ogʻir sanoat, shuningdek, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlikning turli sohalari rivojlangan. Radioelektronika va elektrotexnika, avtomobilsozlik, priborsozlik, aviatsiya sanoati korxonalari mavjud. Turli sanoat jihozlari, metall konstruksiyalar, kuvurlar, temir yoʻl vagonlari va lokomotivlar va boshqa ishlab chiqariladi. Chikago — mamlakatning kimyo, neftni qayta ishlash, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazlaridan biri. Metropoliten qurilgan. universitetlar, Badiiy int, tabiat tarixi, fan va sanoat muzeylari bor. Shahar oʻrnida 1803-yilgacha qishloq boʻlgan, 1833-yildan shahar maqomiga ega.

Wikipedia · CC BY-SA

chicago — Chikago — AQShning Illinois shtatida joylashgan shahar.

dictionary.aplusz.app