The Search
Jakarta
Jakarta — Indoneziyaning poytaxti. Java orolning shimoli-gʻarbiy sohilida, Chilivung daryosining Java dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik oʻrtacha temperatura 27°. Yiliga 1800 mm yogʻin yogʻadi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 mln. kishi (1996). XVI asr boshida hozirgi Jakarta oʻrnida Pajajaran knyazligining Sundakelapa port shahri boʻlgan. 1527 yilda uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta deb atalgan. XVII asrda gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619-yilda gollandlar shahar oʻrnida Bataviya qalʼasini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945-yilgacha general gubernator karorgohi va mustamlaka markazi boʻlgan. 1945-yil 17- avgustdan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946—49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga koʻchirildi; 1949-yildan Bataviya yana Jakarta deb atala boshladi.
Wikipedia · CC BY-SA
jakarta — Jakarta — Indoneziyaning poytaxti.
dictionary.aplusz.app