The Search

The Search

London

London — Buyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Katta London deb ham nomlanadi. Temza daryosining quyi oqimida, Shimoliy dengizdan 64 km masofada, London havzasi deb ataluvchi tekislikning markaziy qismida joylashgan. Poytaxt atrofidagi shaharlar va Siti bilan maʼmuriy jihatdan alohida metropoliten grafligi qilib ajratilgan Katta Londonni tashkil etadi. Aholisi 9.85 mln. kishi (2025). Iqlimi qishi yumshoq, yozi unchalik issiq boʻlmagan dengiz iqlimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 5,3°, iyulniki 18,9°. Yillik oʻrtacha yogʻin 700 mm.

Wikipedia · CC BY-SA

london — London — Buyuk Britaniya poytaxti, mamlakatning muhim siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi.

dictionary.aplusz.app