The Search
Madrid
Madrid – Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri. Mamlakatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi. Mansanares daryosi boʻyida, Meseta platosida, 650 m balandlikda joylashgan. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 4,9°, iyulniki 24,2°. Yillik yogʻin 420 mm. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998).
Wikipedia · CC BY-SA
madrid — Madrid – Ispaniya poytaxti, Madrid provinsiyasining va Yangi Kastiliya tarixiy viloyatining bosh shahri.
dictionary.aplusz.app