The Search

The Search

Manila

Manila – Filippin Respublikasi poytaxti. Luson o.ning janubi-gʻarbida, Manila qoʻltigʻi sohilida. Iqlimi subekvatorial iqlim, avgust—sentyabrda tayfunlar boʻladi. Aholisi 1,6 mln. kishi (2000). Katta M. shahar va uning atrofi, bir necha qishloq va yoʻldosh shaharlarni oʻz ichiga olgan konurba-siyani tashkil etadi. Shahar XVI asrning 2-yarmida ispan konkistadorlari qurgan qalʼa oʻrnida vujudga kelgan. 1574-yildan Ispaniya mu-stamlakasining maʼmuriy markazi, 1898-yilda AQSH tomonidan egallangan. 1942—45 yillarda Yaponiya bosib olgan. 1946-yildan Filippin Respublikasi poytaxti.

Wikipedia · CC BY-SA

manila — Manila – Filippin Respublikasi poytaxti.

dictionary.aplusz.app

Manila.uk — Manila city guide, and information