The Search
Praga
Praga — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻtadil, kontinental; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0 °C, iyulniki 19,2 °C. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi — 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928-yildan tilga olingan. X asrdan Chexiya davlatining poytaxti. Praga Yevropadagi yirik savdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin Praganing mavqei pasaygan. XIX asr oʻrtalaridan yirik sanoat shahriga aylandi. 1918-yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-yilda Pragani nemis fashistlari bosib olgan. 1945-yil 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.
Wikipedia · CC BY-SA
praga — Praga — Chexiyaning poytaxti.
dictionary.aplusz.app