The Search

The Search

Tokio

Tokio — Yaponiyaning poytaxti boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Sharqiy poytaxt“ maʼnosini bildiradi. Tokio Yaponiyaning viloyat hamda shahar statusiga ega oʻziga xos maʼmuriy birligi boʻlib hisoblanadi. Mamlakatning iqtisodiy, moliyaviy va madaniy markazi. Aholisining soni va sanoatning oʻsish surʼatlari boʻyicha dunyodagi yirik shaharlar orasida yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Xonsyu orolining janubi-sharqiy qismida, Kanto tekisligida, Edogava, Arakava, Sumida, Tama daryolarining Tokio qoʻltigʻiga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi subtropik, mussonli, eng sovuq oy — yanvarning oʻrtacha temperaturasi 3,G, eng issiq, oy — avgustniki 25,6°. Yillik yogʻin 1343 mm. Seryogʻin mavsumda tez-tez tayfun boʻladi. Tokio seysmik faol zonada joylashgan.

Wikipedia · CC BY-SA

tokyo — Tokio — Yaponiyaning poytaxti boʻlib, soʻzma-soʻz tarjima qilganda „Sharqiy poytaxt“ maʼnosini bildiradi.

dictionary.aplusz.app